Ulug'bek Bakaev: "Denisov va Musaevlar umumiy guruhga qaytishdi"

Aslanov Jasurbek
23 apr 2024
"Mashal" - "Buxoro" uchrashuvidan (0:0) so'ng mehmonlar ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Gol bo'lmadi, ammo bahs qiziq o'tdi. Yigitlarga rahmat aytaman va keyingi bahsga tayyorlanamiz. Uchrashuv boshidagi jarohat tufayli tarkibda o'zgrishlar bo'lib ketdi, kuchli jamoa bilan durang qayd etdik.

- Denisov va Fozil Musaevlarda jarohat bormi?

- Ularning ikkisida kichik jarohat bor edi. Yigitlar umumiy mashg'ulotlarga qaytishdi va tez orada o'yinlarda jamoaga yordam berishadi.

- "Buxoro" va "Mashal" guruhdagi holatdan kelib chiqib natija uchun o'ynadi. Bu bahs OKMKga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik vazifasini o'tadimi?

- Birinchi navbatda guruh jadvalidagi holatga qarab o'ynadik. Ko'proq natijaga e'tibor qaratdik, "Mashal"da bir nechta vaziyatlar bo'ldi. 0:0 hisobi bizni qoniqtirmasligi mumkin, chunki ular keyingi turda "Aral Akademiya"ga qarshi o'ynaydi. Oldimizga qo'yilgan keyingi bosqichga yo'l olish vazifasini muvaffaqiyatli bajarmoqchimiz.

- "Buxoro" va "Mashal" o'rtasida qisqa vaqt ichida 2ta uchrashuv bo'lib o'tdi va ikkala o'yinda ham hisob ochilmadi. Bu jamoalar bir-biriga noqulay raqiblarmi?

- Ikkala jamoaning kuchi teng bo'lsa kerak. Bunday kurashlarga boy bahslar yoshlarga o'sishda katta yordam beradi. "Mashal" bilan yana 3ta o'yinimiz bor, ko'ramiz, kim kuchliroq bo'lar ekan.

- Qatardagi U23 Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan yigitlarimizga nima degan bo'lardingiz?

- Ular Olimpiadaga chiqishini judayam xohlayman. Bu butun o'zbek xalqi uchun, yoshlarimiz uchun katta bayram, muvaffaqiyat bo'ladi. Ularga omad tilayman. Mamlakatimizga qahramon bo'lib qaytishsin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia