Uli Xeness: "Gvardola Mourinyodan kuchli ekanini isbotlab bo'lgan"

Tolibjon Qosimov
28 avg 2013, 15:30
"Bavariya" prezidenti Uli Xeness klub bosh murabbiyi Xosep Gvardola "Chelsi" ustozi Joze Mourinyodan kuchli ekanini aytdi.
– Gvardola va Mourinyo o'rtasida bir necha yillar davomida Ispaniyada keskin kurash bordi, unda bizning murabbiy katta farq bilan g'olib bo'ldi, – deydi Xeness Sport Bild nashriga. – Mourinyo bilan gaplashmaganman, menimcha ular yaxshi do'st. Juma kuni ajoyib o'yin bo'ladi. Bir tomonda Gvardola, ikkinchi tomonda esa Mourinyo "Chelsi" ustozi sifatida.

30 sentyabr kuni Yevropa Superkubogi finalida "Bavariya" va "Chelsi" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru