Ukrainada Zinchenko Xabib bilan tushgan surati uchun tanqid qilindi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2021
"Manchester Siti" futbolchisi Aleksandr Zinchenko o'zining Instagram sahifasida Xabib Nurmagomedov bilan tushgan bir nechta suratlarni joylashtirdi.

Dam olish kunlari ukrainalik futbolchi va rossiyalik jangchi birgalikda "Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuvini tomosha qilishgan, Zinchenko jarohati tufayli ushbu bahsda ishtirok eta olmadi.

Fotosuratlar tagida Zinchenko Xabibni UFC afsonasi deb atadi va u bilan suhbatlashish va birgalikda futbol tomosha qilishdan mamnun ekanligini yozgan.

Izohlarda ko'plab ukrainaliklar Aleksandr Zinchenkoni tanqid qilishdi. Ularning fikricha, mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar keskinlashgani tufayli Zinchenko rossiyalik sportchi bilan suratga tushmasligi kerak edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru