

"Andrey Nikolaevich Shevchenko Ukraina prezidentining (davlatdan tashqari) maslahatchisi etib tayinlansin", – deyiladi Zelenskiy idorasi saytida e'lon qilingan farmonda.
Shevchenko 2016 yilning iyulidan 2021 yilning avgustigacha Ukraina terma jamoasiga ustozlik qilgan. Bungacha u Kievning "Dinamo", Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Chelsi" klublarida hujumchi sifatida to'p tepgan.



