Ukraina chempionati. “Rux” qatorasiga 3-o'yinda yutqazdi, Abdixoliqov bu safar ham zaxirada qoldi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2021
Ukraina premer ligasi 20-turidan o'rin olgan “Rux” – “Zarya” uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.

O'yinda yarim himoyachi Artyom Gromov dubl qayd etib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Lvovliklar qaydnomasidan joy olgan Bobir Abdixoliqov esa bugungi o'yinda ham zaxirada qoldi. Uning jamoasi turnir jadvalida 13 ochko bilan autsayder bo'lib turibdi.

"Rux" – "Zarya" 0:2 (0:1, 0:1)

"Arena Lvov"

Gollar: 0:1 – 8 Gromov, 0:2 – 60 Gromov.

"Rux" – Bandura, Zec, Stamenkovich, Gagun, Misik, Fedorchuk, Martynyuk, Boychuk (Pritula, 65), Karasyuk (Kuxaruk, 65), Klimchuk (Boryachuk, 46), Kondrakov (Kuxarevich, 46).

"Zarya" – Vasil, Ivanisenya, Abu-Xanna, Leovijildo (Ciganik, 77), Yurchenko, Xomchenovskiy, Lunev (Sayyadmanesh, 67), Cvek (Nazarina, 77), Kabaev, Zaxedi (Grin, 88), Gromov (Gladkiy, 77).

Ogohlantirishlar: Stamenkovich (4), Zec (14), Zaxedi (16), Ivanisenya (38), Yurchenko (63).

Chetlatish: Ivanisenya (82).

TURNIR JADVALI


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia