Ukraina, Angliya, Polsha, Daniya, Baltika mamlakatlari va Yaponiya Rossiyaning qaytishiga qatiyan qarshi. Janubiy Amerika mamlakatlari esa aksincha

Aslanov Jasurbek
19 may 2025
Rossiya jamoalarining musobaqalarga qaytishiga qarshi chiqayotgan mamlakatlar nomi aytildi.

Sport24 xabariga ko'ra, 15 may kuni Paragvayda o'tgan FIFA Kongressida Rossiya jamoalari va klublarining xalqaro turnirlarga qaytish mavzusi rasman ko'tarilmadi. Uning o'rniga Isroil jamoalarini chetlatish masalasi muhokama qilindi, ammo delegatlardan birining so'zlariga ko'ra, bu mavzu "qo'llab-quvvatlanmadi va tezda muhokamadan olindi".

Biroq Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishi tashabbusini qo'llab-quvvatlovchi Janubiy Amerika mamlakatlari bu mavzuni faol muhokama qilmoqda.

Angliya, Shotlandiya, Uels, Shimoliy Irlandiya, Daniya, Polsha, Ukraina, Baltika mamlakatlari va Yaponiya bunga hamon qatiyan qarshi chiqmoqda.

"Bu federatsiyalar Rossiyaning hozir qaytishini shoshqaloqlik va noto'g'ri deb hisoblaydi. Ular bu poziciyani oxirigacha ilgari suradi", – dedi manbalardan biri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24