

Portugaliyalik 2015 yilning yanvarida "Kuban"ga o'tdi, o'sha yilning iyulida esa "Anji" safini to'ldirdi.
"Kuban"ga o'tishim menda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Mehmondo'st odamlarni ko'rib hayron bo'lganman.
"Anji"ga o'tganimda, Moskvada yashashimni aytishgan. Mavsumlar oralig'ida esa Dog'istonga ko'chib o'tishga majbur bo'ldik.
Bu harbiy hudud edi. Har kuni ko'chalarda otishmalar ovozi eshitilardi, bu xuddi Yovvoyi G'arbga o'xshardi. Bir safar mashina odamni turtib kyetib, yo'lida davom etganini eslayman.
Stadion yonidagi mehmonxonada yashaganman. 30 yoshda edim, men esa xuddi 14 yoshlik o'smirdek yashar edim. Shartnoma 2 yilga mo'ljallangan edi, biroq yarim yildan so'ng ketdim" - deydi Almeyda.



