"Ufa" qishda O'runovni ijaraga olishi yoki xarid qilishi mumkin

Alisher
7 dek 2020, 11:54
"Ufa" "Spartak" xavbeki Oston O'runovni ortga qaytarishi mumkin.

"O'runovning "Ufa"ga qaytishi yaxshi variant bo'lar edi. Klub qishda ijara yoki xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqchi.

U jamoada o'yin amaliyotiga ega bo'lardi va yetakchi bo'lardi. O'runov klub talabini biladi, u uchun "Ufa"da barchasi tanish", - deyiladi manbada.

Oldinroq "Spartak" bosh direktori Shamil Gazizov "Rubin" klubining yanvarda O'runov bilan shartnoma imzolashni xohlayotganini aytgan edi.


AlisherMuallif
Manba: rsport.ria.ru