UFA prezidenti saylovga bir kun qolganda iste'fo berdi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018
Urugvay futbol associaciyasi (UFA) prezidenti Vilmar Valdes UFA rahbarligi uchun saylovlarga bir kun qolganida iste'fo berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Valdes ushbu saylovda qatnashmoqchi bo'lgan, ammo so'nggi pallada fikrini o'zgartirdi. UFA sobiq prezidenti o'z qarorini quyidagicha izohladi:

"Oilaviy va shaxsiy sabablarga ko'ra shunday yo'l tutdim. Qarorimning UFA prezidentlik saylovlariga aloqasi yo'q" - deydi Valdes.

Vilmar Valdes 2014 yilda UFA prezidenti lavozimiga saylangan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com