Uesli Fofana Fransiya terma jamoasidan ilk bor chaqiruv oldi

Оқил Абдубарноев
16 mar 2023, 23:37
Dunyoning ikkinchi eng qimmat himoyachisi Uesli Fofana Fransiya terma jamoasidan ilk bor chaqiruv oldi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Yozda Fofana "Lester"ni tark etib, 80 million evro evaziga Londonning "Chelsi"siga o'tgandi. Fransiyalik futbolchi jarohati tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi. Biroq safga qaytgach, bir nechta ishonchli o'yinlar o'tkazdi va shu tufayli terma jamoaga chaqirildi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum “Chelsi” safida ikkita, avvaliga Chempionlar ligasi doirasida “Milan”ga, so'ngra Premer-ligada “Lids”ga qarshi o'yinda gol urdi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: France Football