"Uembli" stadioni bu yil Angliya Superkubogiga mezbonlik qilmaydi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2026
2026 yilgi Angliya Superkubogi o'yini har yilgidek Londondagi "Uembli" stadionida o'tkazilmaydi.

Bu haqda BBC xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, Angliyaning asosiy stadioni The Weeknd koncerti tufayli bahsni qabul qila olmaydi. Angliya Superkubogi 16 avgust kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.

Kardiffdagi o'yingoh "Uembli" 2001 yildan 2006 yilgacha rekonstrukciya qilingan paytda Superkubokning 6 o'yiniga mezbonlik qilgan.

Ta'mirlanganidan beri "Uembli" stadioni 2007 yildan beri Superkubokni qabul qilib keladi. Faqat 2012 yilda Olimpiya finali tufayli, 2022 yilda esa ayollar o'rtasidagi Yevropa chempionati finali tufayli boshqa stadionga ko'chirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC