UEFAning bir qator a'zolari Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytishiga keskin qarshi chiqdi

10 iyul 2026, 21:15
Yevropa futbol assotsiatsiyalari Rossiya terma jamoalari va klublarining UEFA musobaqalariga qaytishiga hali ham keskin qarshi ekani ma'lum qilindi.

Bu haqda Sport24 xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, Angliya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ukraina, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Shotlandiya, Uels, Irlandiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Ruminiya hamda Boltiqbo'yi davlatlari futbol federatsiyalari Rossiya ishtirokida rasmiy o'yinlar o'tkazish imkoniyatini hozircha ko'rib chiqishga tayyor emas.

Ma'lum qilinishicha, aynan ushbu federatsiyalarning qatiy poziciyasi Rossiya futbolining Yevropa musobaqalariga qaytishi yo'lidagi asosiy to'siqlardan biri bo'lib qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoalari va klublari 2022 yildan buyon FIFA va UEFA musobaqalaridan chetlatilgan. Shu vaqtdan beri ular xalqaro rasmiy turnirlarda ishtirok etmayapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24