UEFA VAR tizimini Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichidan ishga tushirmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2018, 15:01
UEFA joriy mavsum Chempionlar ligasi o'yinlarida VAR (video assistent) tizimidan foydalanmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, videotakrorlar Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan ishga tushirilishi kutilmoqda. Shunday qilib tashkilot rahbariyati turnirning final bosqichlarida hakamlarning jiddiy xatolarga yo'l qo'yishini oldini olmoqchi. VAR tizimi tufayli Chempionlar ligasi o'yinlarida darvoza ortidagi hakamlar olib tashlanishi mumkin.

VAR tizimi 2020 yilda o'tkaziladigan Yevropa chempionatida ishlatilishi mumkin, ammo bu g'oya tasdiqlanmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times