

Tashkilot rasmiy sayti bu borada bayonot berdi.
"Aleksandr Cheferin boshqaruvidagi UEFA bosh rahbariyati hamda yuqori amaldorlar milliy ligalar vakillari, klublar, futbolchilar bilan uchrashuv chog'ida Superliga 2021 yil aprelidagi kabi yana bir bor kuchga kirishini ma'lum qildi.
Uchrashuv ishtirokchilari so'zga chiqqanlarning bayonotini sidqidillik bilan eshitishdi va ular ochiq-oydin ushbu siyosatni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilishdi. UEFA hamda homiy-hamkorlar ochiqlikka asoslangan futbol siyosati va principlari odamning shaxsiyatidan ustun bo'lishi kerakligini tushunishdi.
Bu yo'l esa Yevropa komissiyasi, Yevropa parlamenti, Yevropa ittifoqi assambleyasi parlamenti va ko'plab milliy qonunchiliklarni birlashtirishda, davlatlarning bir-biriga bo'lgan hamdo'stligida katta o'rin tutadi.
Yevropa futboli esa o'z kelajagi borasida qayg'urishda davom etadi va o'z o'rnida qatiy bo'lishini ma'lum qiladi", - deb yoziladi bayonotda.



