UEFA Ryudigerni diskvalifikaciya qilishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
3 apr 2025
UEFA Madrid "Real" klubi futbolchilari - Antonio Ryudiger, Kilian Mbappe, Daniel Sebalos va Vinisius Juniorga nisbatan ish ochdi.

Bunga "Atletiko" klubining YCHL 1/8 final uchrashuvidan keyin o'yinchilarning harakatlaridan norozi bo'lib topshirgan arizasi sabab bo'lgan.

UEFA katta ehtimol bilan Vinisius, Mbappe va Sebalosga nisbatan moliyaviy jazo bilan cheklanadi. Ryudigerning xatti-harakati esa "tahdid soluvchi" deb topilishi hamda nafaqat jarima, balki Chempionlar Ligasi o'yinlaridan diskvalifikaciya qilinishi ham mumkin.

Ehtimoliy variantlardan birida germaniyalik himoyachi 1/4 final doirasida "Arsenal"ga qarshi birinchi o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.

"Real" bu masala bo'yicha yakuniy qarorni juma kuni bilib oladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca