

“Menimcha, Saudiya Arabistonidagi voqealar uzoq davom etmaydi. Men ko'p marta aytganman, futbolni rivojlantirishning ushbu uslubi noto'g'ri. Yevropada deyarli faoliyatini yakunlagan futbolchilarni olib kelib, siz shunchaki mamlakatingizda futbolni rivojlantira olmaysiz. Bir necha yil oldin Xitoy ham xuddi shunday qilgandi, biroq ularning termasi hali ham jahon chempionatiga chiqa olmadi. Shuning uchun men Saudiya Arabistonidagi transfer borozidagi ishlarga e'tibor bermayman”,-dedi UEFA prezidenti.



