UEFA Millatlar Ligasiga qur'a tashlandi: Italiya, Germaniya, Angliya bir guruhdan o'rin olishdi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2021
Bugun 2022-2023 yilgi mavsum uchun Millatlar Ligasiga qur'asi o'tkazildi.

Millatlar Ligasida 55 ta terma jamoa ishtirok etadi. Ular o'z kuchlariga nisbatan to'rt xil toifaga bo'linishgan: "A", "B", "C" va "D" Ligalar.

"A" Ligadagi guruh peshqadamlari Millatlar Ligasi g'olibligi uchun kurash olib borishadi. "B", "C" va "D" Liga g'oliblari esa bitta yuqori Ligaga yo'l oladilar.


Bu yilgi qur'a quyidagicha ko'rinish oldi:

"A" Liga.

A1. Fransiya, Daniya, Xorvatiya, Avstriya.

A2. Ispaniya, Portugaliya, Shveytsariya, Chexiya.

A3. Italiya, Germaniya, Angliya, Vengriya.

A4. Belgiya, Niderlandiya, Polsha, Uels.

"B" Liga.

B1. Ukraina, Irlandiya, Armaniston, Shotlandiya.

B2. Islandiya, Rossiya, Isroil, Albaniya.

B3. Bosniya va Gertsegovina, Finlyandiya, Ruminiya, Chernogoriya.

B4. Shvetsiya, Norvegiya, Serbiya, Sloveniya.

"C" Liga.

C1. Turkiya, Lyuksemburg, Litva, Farer orollari.

C2. Shimoliy Irlandiya, Gretsiya, Kosovo, Kipr/Estoniya.

C3. Slovakiya, Belorussiya, Ozarbayjon, Qozog'iston/Moldova.

C4. Bolgariya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Gibraltar.

"D" Liga.

D1. Latviya, Andorra, Lixtenshteyn, Qozog'iston/Moldova.

D2. San-Marino, Malta, Estoniya/Kipr.

Guruh o'yinlari 2022 yilning iyun-sentyabr oylarida o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: UEFA.com