UEFA Chempionlar Ligasining yangi mavsumida “Barselona“ni ochkolardan mahrum qilishi mumkin

Khoja
4 iyun 2025, 09:17
“Barselona” futbol klubi moliyaviy qoidalarni buzgani uchun keyingi evrokubok mavsumida Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan sankciyalarga duch kelishi mumkin.

Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi Yevropa futbol reglamenti meyorlarini buzishda davom etmoqda. Yani, nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan daromadlarni noto'g'ri hisob-kitob qilgan holda kataloniyaliklar transfer imkoniyatlarini oshirishga harakat qilishmoqda. 2024 yilning kuzida “Barselona” bunday qoidabuzarliklar uchun 500 ming evro jarimaga tortilgandi. Klub bu qaror ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilgandi, biroq apellyaciya rad etilgan.

Moliyaviy feyr-pley qoidalarini qayta-qayta buzgan taqdirda, Barselona 2025/2026 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining umumiy bosqichida bir necha ochko bilan jarimaga tortilishi, shuningdek, yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin.


KhojaMuallif
Manba: Тhe Times