

UEFA "Ayntraxt" klubiga Chempionlar Ligasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinda (1:2) nemis klubi muxlislarining xulq-atvori uchun jazo tayinlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, stadiondagi tartibsizliklar, maydonga uzluksiz predmetlar otilishi, fayerlar yoqilishi (ulardan biri "Barselona" muxlislari zonasiga tushgani) va tribunalardagi bir necha to'qnashuvlar Yevropa futbolining oliy organi e'tiboridan chetda qolmagan.
Takidlanishicha, shu sababli uchrashuvning vakili UEFA Intizom qo'mitasiga taqdim etish uchun sodir bo'lgan voqealar haqida batafsil hisobot tayyorlagan. To'liq bildirgida qanday predmetlar, ularning soni, maydonning qaysi qismidan va tribunalarning qaysi bo'limiga tashlangani ko'rsatiladi. Hisobot natijalariga ko'ra, UEFA "Ayntraxt"ga Yevropa musobaqalari doirasida qatiy jazo belgilaydi.



