Uchrashuv vaqtida styuard futbolchiga jarohat etkazdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 11:59
Evro-2020 doirasida Isroil - Polsha uchrashuvi janjal bilan yakunlanishi mumkin edi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida maydonga muxlis yugurib tushib ketdi va unga bir styuard quvib yetishga harakat qilayotgan paytda Polsha termasi futbolchisi Kendzeraga urilib ketdi. Oqibatda Tomash jarohat oldi. Bosh hakam esa buni muxlis qilgan deb o'yladi va jamoalarni maydondan tashqariga olib chiqmoqchi bo'lgandi.

Biroq Polsha termasi bosh murabbiyi Eji Bjechek hamda jamoa sardori Kamil Glik ikki termani ham o'yin yakuniga qadar maydonda qolishga ko'ndirishdiyu


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express