U16 Osiyo chempionati. Tailand - KXDR 1:4 yoxud O'zbekiston keyingi bosqichda

Narzulla Saydullayev
20 sen 2016
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turidan o'rin olgan Tailand - KXDR uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi guruhidan o'rin olgan bahsda KXDR 4:1 hisobida zafar quchdi. Shunday qilib, dastlabki 2ta turdan so'ng KXDR va O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 6 ochkodan to'plab muddatdan avval keyingi bosqichga yo'l olishdi.

So'nggi turda bu ikki jamoa o'zaro o'yinda birinchi o'rinni hal qilib olishadi. Bu o'yin 23 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Yaman va Tailand esa guruhda qolib ketishdi.


Tailand - KXDR 1:4

Gollar: Xassavat 69 - Kye Tam 41 penalti, 63, 67, Ri Kang Guk 79


#            

Jamoa

O'     

YU    

D    

M    

 T-N    

O    

1

KXDR

2

2

0

0

6-1

6

2

O'zbekiston      

2

2

0

0

6-3

6

3

Yaman

2

0

0

2

0-3

0

4

Tailand

2

0

0

2

4-9

0



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia