"U o'ynagan har bir stadionda nimadir sodir bo'ladi!" - Mourinyu Vinisiusning xulq-atvorini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
18 fev 2026
Lissabonning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar Ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi bahsdan (0:1) so'ng madridliklar yulduzi Vinisius Junior haqida to'xtalib o'tdi.

 "Special One"ning fikricha, braziliyalik futbolchi atrofidagi mojarolar bejiz emas.

O'yin davomidagi mashmasha:

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 50-daqiqasida Vinisius golni burchak bayroqchasi yonida raqsga tushib, raqibni haqoratlovchi tarzda nishonlagani uchun sariq kartochka olgan edi. Shundan so'ng u va Djanluka Prestianni o'rtasida nizo kelib chiqdi. Vinisius raqibini irqchilikda aybladi va o'yin ma'lum muddatga to'xtatildi.

Mourinyuning munosabati:

Murabbiy Vinisiusning gol nishonlashini hurmatsizlik deb baholadi va futbolchining o'zini tutishiga etiroz bildirdi:

"Qaysidir jihatda xatolik bor, chunki bu voqealar har bir stadionda takrorlanmoqda. Vinisius qayerda o'ynasa, o'sha erda albatta nimadir sodir bo'ladi. Uning gol nishonlashi muxlislar va raqibga nisbatan hurmatsizlik bo'ldi", - dedi Mourinyu.

Shuningdek, Joze o'yin yakunida hakamlar bilan bahslashgani uchun qizil kartochka olib, maydondan quvilganini ham aytib o'tdi. Mourinyuning fikricha, futbolchilarning maydondagi xatti-harakatlari tribunadagi muhitga bevosita ta’sir o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC