

– O'sha paytda "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasida ko'plab yaxshi o'yinchilar bor edi. Ularning bazilari yuqori darajada o'ynay boshladi: Botirali Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Oston O'runov. Alijonov – o'ziga xos futbolchi. U hozir "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasida ko'rsatayotgan o'yinni 18 yoshida "Paxtakor" yoshlar jamoasida ham namoyish etgan. Faqat o'shanda chap qanot himoyachisi bo'lib o'ynagan. Biroq eng yorqin futbolchi Jasur Yaxshiboev edi. U o'z istedodini oxirigacha namoyon eta olmadi. Men hayotimda bunday o'yinchini boshqa uchratmaganman.

– "Sherif"ning sobiq murabbiyi Yuriy Vernidub ham shunday fikr bildirgan edi. U Yaxshiboevning og'ir xarakteri uning istedodini to'liq ochilishiga to'sqinlik qilganini aytgan.
– Ehtimol, Vernidub qisman haqdir. Lekin men boshqacha fikrdaman: Jasur hayotga juda engil qaraydi. Agar u o'z ishiga biroz jiddiyroq yondashganida – kimni misol keltirish mumkinligini bilmayman, aytaylik Eldor Shomurodovdek – u "Oltin to'p"ga davogar bo'lishi mumkin edi. Salohiyati jihatidan u g'ayritabiiy o'yinchi edi. Jasur ishiga to'g'ri munosabatda bo'lib, to'g'ri tayyorgarlik ko'rganida, osonlikcha top-5 chempionatlariga bora olardi.
Artyom Petrosyan ishtirokidagi "Fint To'raeva" podkastining to'liq versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin (rus tilida):



