"U istalgan klubni tanlashi mumkin edi, lekin biz bilan qoldi". Slot Salohning sadoqatidan xursand

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025, 17:38
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot boshqa jamoalarning katta qiziqishiga qaramay, Muhammad Salohning klubda qolish qarori haqida fikr bildirdi.

"Umid qilamanki, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda Saloh jamoadagi asosiy rolini yana bir bor isbotlaydi. U ajoyib futbolchi. Erkin agentligida dunyoning istalgan top-klubiga o'tishi mumkin edi, ammo Muhammad biz bilan qolishni tanladi va bu hurmatga loyiq", – dedi Slot.

"Liverpul" misrlik hujumchi bilan shartnoma uzaytirilganini 11 aprel kuni e'lon qildi. Yangi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Saloh "qizillar" safida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum klub tarkibida 45 o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports