

"Arshavin ulkan iqtidorga ega edi, ammo biroz dangasa ham edi. Angliya undan ko'proq narsa kutishgandi. Bu mashg'ulotlarga ham, bevosita o'yinlarga ham taalluqli. APL jismonan sizdan juda ko'p kuch talab qiladi: deyarli har uch kunda o'yin. Balki bu Arshavin to'liq kuchini ko'rsatishi uchun og'irlik qilgandir. Chunki Andrey mashg'ulotlarda 20-30 % kuchi bilan harakat qilardi, biroq bu ko'rsatkich hech bo'lmasa 70-80 % bo'lishi kerak, lekin Andrey bunga tayyor emasdi. Odamlar "Zenit"dagi Andreyni ko'rishni istashardi, lekin APL Rossiya chempionatidan biroz farq qiladi".




