U-23 Osiyo chempionatiga saralash. KXDR musobaqaga yo'l oldi

Xayrulla Xoliqov
26 mar 2019
Bugun U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari o'z yakuniga etadi.

Ma'lumki, saralash o'yinlarida jami 43ta jamoa qatnashyapti. Jamoalar 11ta guruhga bo'lingan. "G" guruhida 3-tur bahslariga yakun yasaldi. Oxirgi turda Gonkongni 2:0 hisobida mag'lub etgan KXDR terma jamoasi jami 7 ochko bilan guruhda birinchi o'rinni egalladi va musobaqaning final bosqichiga yo'llanma oldi. 

3-tur. 26 mart

KXDR - Gonkong 2:0 

Singapur - Mo'g'uliston 3:1


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia