U-23 Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni - birinchi yarim finalchi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2020
U-23 Osiyo chempionatida dastlabki chorak final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Saudiya Arabistoni va Tailand o'rtasidagi bahs taqdirini bitta gol hal qildi. 78-daqiqada bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Abdulloh Al Hamdan aniq amalga oshirdi va Saudiya Arabistonini yarim finalga olib chiqdi - 1:0.

Endi Saudiya Arabistoni yarim finalda BAA - O'zbekiston jutfligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.

Saudiya Arabistoni - Tailand 1:0
Gol:
Abdulloh Al Hamdan 78.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia