U-23 Osiyo chempionati saralashi. Bugun Hindiston - Tojikiston uchrashuvi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2019, 09:13
Bugun 24 mart kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan navbatdagi o'yin bo'lib o'tadi.

Unda Hindiston terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. O'yin "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish qilinadi.

Eslatib o'tamiz, saralashning birinchi o'yinida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindistonni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.

U-23 Osiyo chempionati saralashi
24 mart, "Paxtakor" stadioni. Soat 17:00

Hindiston - Tojikiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz