

Shu yilning 24 oktyabr kuni esa musobaqaga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.
Marosim Xitoyning Chanchjou shahridagi Trader Fudu mehmonxonasida Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi.
U-23 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakat terma jamoasi, shu jumladan, O'zbekiston ham ishtirok etadi. Jamoalar 4 ta savatchaga bo'linadi va qur'a natijasiga ko'ra to'rtta guruhga ajratiladi.
1-savatcha: Xitoy (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq;
2-savatcha: Qatar, Iordaniya, KXDR, Avstraliya;
3-savatcha: O'zbekiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tailand;
4-savatcha: Vetnam, Ummon, Falastin, Malayziya.
Ma'lumot uchun, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo'lib o'tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o'rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.



