U-20 Osiyo kubogi. Indoneziya futbolchisi jarohat tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan bo'ldi

Оқил Абдубарноев
1 mar 2023
Ushbu jamoa O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan.

Indoneziya U-20 terma jamoasi yarim himoyachisi Zanadin Fariz turnir boshlanishidan avval jiddiy jarohat olib, musobaqada ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'ldi.

Xabar qilinishicha, Fariz Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan va u turnirda ishtirok etadigan 23 nafar futbolchi qatoriga kiritilganiga qaramay, musobaqaga qadar sog'ayishga ulgurmasligi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Indoneziya yoshlari "A" guruhida O'zbekiston, Iroq va Suriya bilan bir guruhdan joy olgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: vov.vn