U-20 JCH. Ekvadorlik yarim himoyachi turnir tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi

Оқил Абдубарноев
28 may 2023, 07:57
U-20 jahon chempionatining 3-turi doirasidagi Ekvador - Fiji uchrashuvida tarixiy voqea sodir bo'ldi.

Ekvador U-20 terma jamoasi yarim himoyachisi Kendri Paes Argentinada o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida Fiji (9:0)ga qarshi bahsda hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.

2007 yilning 4 mayida tavallud topgan Paes 16 yosh-u 22 kunligida raqib darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, u turnir tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Ekvador yoshlar terma jamoasi "B" guruhida 2-o'rinni egallagan holda pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

U-20 jahon chempionati. Mundialda porlashi kutilayotgan 5 futbolchi


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia