U-19 O'zbekiston terma jamoasi Tojikistonda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2020
U-19 O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida yurtimizda o'tadigan Osiyo chempionatiga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.

Tayyorgarlik dasturiga ko'ra Timur Kapadze boschiligidagi terma jamoamiz uchun 1-10 sentyabr kunlari Tojikistonda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi.

Yoshlarimizning Xo'jand shahrida o'tadigan mazkur yig'ini doirasida ikkita nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan.

Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodaev hamda Timur G'aniev Timur Kapadzega ko'maklashib boradi.

Terma jamoa a'zolari 31 avgust kuni Toshkentdagi “Chig'atoy” bazasiga yig'iladi va to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Ko'rik natijalariga ko'ra yig'inda ishtirok etadigan 25 nafar futbolchidan iborat tarkib bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston yoshlari Indoneziya, Kambodja va Eron vakillari bilan birgalikda A guruhidan joy olgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz