U-17 Osiyo kubogiga qur'a tashlash sanasi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2026
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2026 yilning 14–31 may kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'yicha ma'lumot taqdim etdi.

Unga ko'ra, mazkur tadbir 2026 yilning 12 fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadi.

Qur'ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, O'zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqa g'olibi sifatida 1-savatchadan o'rin olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026 yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/FAUzbekistan