

Shu yilning aprel oyida bo'lib o'tgan U-17 finalida O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelib, yakunda 9 kishi bo'lib qolib 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. Mazkur uchrashuvning 40-daqiqasida maydondan chetlatilgan futbolchiga 3 o'yinlik diskvalifikaciya jazosi belgilangan.
U terma jamoa bilan 3-25 noyabr kunlari o'tkaziladigan Jahon chempionatiga yo'l olsa, guruh bosqichida Paragvay, Irlandiya va Panamaga qarshi bellashuvlarni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.
Avvalroq O'zbekiston U-17 terma jamoasining navbatdagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum qilingan edi.



