

Musobaqada o'z ishtirokini davom ettirayotgan OFKning yagona a'zosi Janubiy Koreya U-17 terma jamoasi chorak finalda Meksikaga qarshi bahs olib boradi. Ma'lumki, Meksika o'smirlar termasi avvalgi bosqichda Yaponiya ustidan 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Avstraliyani 4:0 hisobida engib keyingi bosqichga yo'l olgan Fransiya esa bu safar Ispaniya bilan to'qnash keladi. Quyida 1/4 final juftliklarini keltirib o'tamiz.
Gollandiya - Paragvay (10 noyabr)
Janubiy Koreya - Meksika (10 noyabr)
Ispaniya - Fransiya (11 noyabr)
Italiya - Braziliya (11 noyabr)
1/8 finalda qayd etilgan natijalar:
Angola - Janubiy Koreya 0:1
Yaponiya - Meksika 0:2
Nigeriya - Gollandiya 1:3
Ispaniya - Senegal 2:1
Fransiya - Avstraliya 4:0
Braziliya - Chili 3:2
Paragvay - Argentina 3:2
Ekvador - Italiya 0:1



