U-17 avlodini yo'qotmaslik uchun nima qilish kerak?

Sherzod Nurmatov
27 apr 2025
"90minutuz" podkastining navbatdagi soni YouTube platformasiga yuklandi.

Ushbu sonda O'FA matbuot xizmati rahbari, sharhlovchi Davron Fayziev ishtirok etdi. 

Podkast mualliflaridan biri Mirkomil Musaev Davron Fayzievdan shu avlodni yo'qotmaslik uchun nimalar qilish zarurligini so'radi. 

"O'sha mashhur "Meksika avlodi" deymiz-ku, u avlod birinchisi bo'lgani uchun rostdan eyforiya ta’siriga tushgan. Undan keyin U-16 Osiyo Kubogida chempion bo'lgan avloddan yaxshi futbolchilar etishib chiqdi. Shukurov shu avloddan edi. Ikkita avlod o'rtasidagi yillar tafovuti katta emas. Bunda haqiqatan psixologiya o'zgarib, bolalar o'zini yo'qotib qo'ygan. Mayli, bu ham bitta tajriba bo'lgan. Keyingilarida sekin-sekin xulosalar chiqarilgan. Hozir vaziyat yomon emas.

O'zbekiston U-17 futbolchilariga bundan buyon ularga e'tibor kuchayadi. Uyog'i bolalarning o'ziga bog'liq. Ayni paytda futbolchimizga"Nyukasl" qiziqayotgan ekan, o'zimizning klublar ham qiziqadi. Lekin tortib ketish futbolchining o'zidan bo'ladi. Mana, masalan, Rustamjonov yulduzga aylandi. Videosini ko'rdim: maktabida dastxat olishyapti, mahallasida karnay-surnay chalinyapti. Agar shu holatda o'zini tiya olsa va yulduzlikka berilmasa, yaxshi bo'ladi. Ota-onasiga ham ko'p narsa bog'liq", – dedi Fayziev.


"90minutuz" podkasti to'liq holda:



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia