U-16 Osiyo chempionatiga saralash. Dastlabki ikki ishtirokchi ma'lum

Xayrulla Xoliqov
22 sen 2019
Bugun qitamiz bo'ylab U-16 Osiyo chempionatiga saralash o'yinlari o'z yakuniga etadi.

Hozircha faqat "I" guruhida o'yinlar o'z yakuniga etdi. Bu guruhda KXDR birinchi o'rinni egallab kelasi yil Bahraynda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchisiga aylandi. 


"I" guruhidagi vaziyat 

3-tur. 21 sentyabr

KXDR - Gonkong 4:0 

Singapur - Guam 10:1



Shuningdek, "F" guruhida garchi 3-tur tugamagan bo'lsa-da, BAA U-16 jamoasi ham musobaqaga yo'llanma oldi. Chunki BAA futbolchilari avvalgi ikki turda Iroq bilan Qirg'izistonni mag'lub etishgandi. 


"F" guruhidagi vaziyat 

3-tur. 22 sentyabr

Livan - BAA

Iroq - Qirg'iziston

 


Bugun O'zbekiston U-16 terma jamoasining taqdiri ma'lum bo'ladi. "Jar" stadionida bo'lib o'tadigan Hindistonga qarshi bahsda o'smirlarimizga omad tilab qolamiz. Uchrashuv 16:00da boshlanadi. 


"B" guruhidagi vaziyat 

3-tur. 22 sentyabr

Hindiston - O'zbekiston 

Bahrayn - Turkmaniston


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia