U-16 Osiyo chempionati. O'zbekiston terma jamoasi ilk turni Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2020
Bugun shu yil Bahraynda o'tadigan U-16 Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'aga ko'ra Olim Shokirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "C" guruhida Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bilan kuch sinashadigan bo'ldi.

Vakillarimiz guruhni Janubiy Koreyaga qarshi bahs bilan boshlashadi. So'ngra Avstraliya bilan o'yin bo'ladi. Guruh bosqichini o'smirlarimiz Hindistonga qarshi uchrashuv bilan yakunlashadi.

1-tur
Janubiy Koreya - O'zbekiston
Avstraliya - Hindiston

2-tur
O'zbekiston - Avstraliya
Hindiston - Janubiy Koreya

3-tur
Janubiy Koreya - Avstraliya
Hindiston - O'zbekiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia