U-16 Osiyo chempionati. Eronda mag'lubiyat, Hindistonda g'alaba

Xayrulla Xoliqov
22 sen 2018
Malayziyada bo'lib o'tayotgan U-16 Osiyo chempionatida "B" va "S" guruhidagi jamoalar 1-tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Musobaqa favoritlaridan biri Eron kutilmaganda mag'lubiyat bilan boshladi. Eronlik o'smirlar Indoneziya bilan o'yinda 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Guruhdagi ikkinchi bahsda Hindiston kichik hisobda Vetnamni mag'lub etdi.

"V" guruhida Ummon Yamanga qarshi 2:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, KXDR Iordaniya bilan durang qayd etdi - 2:2. Bugun "D" guruhi jamoalari 1-tur o'yinlarini o'tkazishadi.

"A" guruhi: Malayziya, Yaponiya, Tailand, Tojikiston.

1-tur. 20 sentyabr
Malayziya - Tojikiston 6:2
Yaponiya - Tailand 5:2

"V" guruhi: KXDR, Ummon, Yaman, Iordaniya.

1-tur. 21 sentyabr
Ummon - Yaman 2:0
KXDR - Iordaniya 2:2

"S" guruhi: Eron, Vetnam, Hindiston, Indoneziya.

1-tur. 21 sentyabr
Eron - Indoneziya 0:2
Vetnam - Hindiston 0:1

"D" guruhi: Iroq, Janubiy Koreya, Avstraliya, Afg'oniston.

1-tur. 22 sentyabr
Iroq - Afg'oniston
J.Koreya - Avstraliya


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia