

Uning so'zlariga ko'ra, qaror hissiyotlar ostida qabul qilinmagan.
Ishonch va "sushi" voqeasi:
Laporta o'sha paytdagi shartnoma uzaytirilishi va uni nishonlash uchun sushi buyurtma qilingani haqidagi gaplarni shunchaki qiziq voqea deb atadi. Asosiy muammo murabbiyning jamoa kelajagiga bo'lgan ishonchida edi.
Murabbiy va rahbariyat o'rtasidagi ziddiyat:
Laportaning takidlashicha, Xavining fikrlari tez-tez o'zgarib turgan:
"Bu impulsiv qaror emas edi. Men undan tajriba haqida so'raganimda, u Qatarda etarlicha tajriba to'plaganini aytgandi. Men unga ishongandim, lekin hammasi biz kutgandek bo'lmadi.
Vaziyatni uning gaplari o'zgartirib yubordi. Men undan jamoaga ishonish-ishonmasligini so'raganimda, u 100 foiz ishonishini aytgandi. Biroq ikki hafta o'tib, Xavi "Barsa" yana ikki yil davomida raqobatbardosh bo'la olmasligini bildirdi", - dedi Laporta.
Tarkibni "tozalash" rejasi:
Eng qiziq ma'lumotni Laporta klub sport direktoriga tayanib aytdi:
"Deku menga Xavi tarkibdagi 10 nafar futbolchini yangilamoqchi ekanligini ma'lum qildi. Bu esa jamoa ichidagi muhit va klub rejalariga mutlaqo zid edi".
Eslatib o'tamiz, Xavining ketishidan so'ng "Barselona"da yangi davr boshlangan edi, biroq Laportaning bu gaplari sobiq murabbiy va rahbariyat o'rtasidagi munosabatlar aslida qanday bo'lganini ko'rsatib bermoqda.



