Tyago Silva: "Mbappega katta bosim o'tkazilmoqda, u bor-yo'g'i 18 yoshda"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2017
PSJ sardori va himoyachisi Tyago Silva hujumchi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

18 yoshli forvard so'nggi uchrashuvlarda kam ko'zga tashlandi va tanqidlarga uchradi.

"Jamoatchilik Mbappega katta bosim o'tkazmoqda. Neymarni tanqid qilishsa tushunamiz, biroq u 25 yoshda, Mbappe esa 18da. Futbolda doimo istagan natijaga erishib bo'lmaydi, xatto bor kuchingni ishga solsang ham. Ammo Mbappe professional yigit" - deydi Silva.

Joriy mavsum Kilian Mbappe PSJ safida 13ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi va 4ta gol urib, 5ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC