"Milan" 41 yoshli Tyago Silvani sotib olishi mumkin

Alisher Ostonov
20 dek 2025
"Milan" klubi "Fluminense"ning sobiq himoyachisi Tyago Silvaga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, "rossonerilar" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 41 yoshli braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

16 dekabr, seshanba kuni Silva "Fluminense” bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasini bekor qildi. Avvalroq insayder Fabricio Romano braziliyalik futbolchi Yevropaga qaytishni istayotgani va takliflarni eshitishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

2025-yilgi mavsumda Silva "Fluminense" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: ESPN