Tyago Silva “Barselona” bilan o'yinda “PSJ”ga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017
Fransiyaning “PSJ” klubi himoyachisi Tyago Silva YCHLning 1/8 finalidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi ilk uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bunga Silvaning jarohati yo'l qo'ymaydi. Futbolchi 10 fevral kuni Fransiya chempionatining 25-turidan o'rin olgan “Bordo”ga qarshi o'yinda ham jamoadoshlariga yordam bera olmagandi.

Tyago jarohat sabab jamoasining bugungi mashg'ulotida ham ishtirok eta olmadi. “PSJ”ning “Barselona”ga qarshi o'yini bugun bo'lib o'tadi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: