PSJ futbolchisi uchun “Barselona” va “Arsenal” kurashga kirishadi

2 apr 2020, 07:05
Leven Kyurzava faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

PSJ himoyachisi Leven Kyurzavaning xizmatlariga “Barselona”, “Sevilya” hamda “Arsenal” klublari jiddiy qiziqib qoldi. Futbolchi 1 iyuldan e'tiboran erkin agentga aylanadi.

Leven joriy mavsum PSJ safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Canal+