Tuxel: "Kavani, Neymar va Mbappe bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutyapman"

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Bavariya"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bizda ajoyib hujumkor uchlik bor. Kavani, Neymar va Mbappe bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutyapman. Biroq biroz kutish kerak, ular jahon chempionatida og'ir o'yinlarni o'tkazishdi. Ular safimizga kech qo'shiladi, biroq chempionat erta boshlanadi. Albatta, murabbiylar bundan xursand bo'lmaydi.

"Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin nimanidir taxmin qilib bo'lmasdi. Chunki ikki jamoaning tarkibida tajribali futbolchilar ko'p", - dedi Tuxel.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Four Four Two