Tuxel "Chelsi"da "Borussiya" xavbekini ko'rmoqchi

Alisher
20 fev 2021
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi o'yinchisi Yonas Xofmann faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

28 yoshli germaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga shaxsan "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, nemis mutaxassisi futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqdi.

Futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild