Tuxel "Bavariya"ni boshqarmagani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
17 sen 2018, 21:56
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Bavariya" bilan bo'lgan muzokaralar haqida gapirdi.

"Bavariya" bilan shunchaki gaplashdik. Ularning taklifi esa anchagina kech bo'ldi. Ungacha men PSJning taklifini qabul qilib bo'lgandim. Dortmunddan ketganimdan keyin menga ko'plab jamoalardan takliflar bo'ldi. Biroq Germaniyadan tashqaridan taklif tushadigan bo'lsa, uni qabul qilaman, deb o'zimga so'z bergandim. Shu orqali yangicha muhit, tajribani orttirishni istadim. Parij esa men uchun syurprizga aylandi", - dedi mutaxassis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal