Tuxel "Barselona"ni boshqarishga qiziqmoqda

Alisher
1 yanv 2020
PSJdan iste'foga chiqarilgan Tomas Tuxel 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasining tugashini kutmoqchi emas.

Nemis mutaxassisi hozirda erkin agent maqomida va u o'ziga yangi ish joyi qidirmoqda.

Jurnalist Kristian Falkning ma'lumotiga ko'ra, "Barselona"ning boshqarish g'oyasi Tomas Tuxelga yoqmoqda. Qo'shimchasiga "ko'k-anorranglilar" prezidentligi uchun nomzodlardan biri uni Ronald Kumanning o'rniga jamoaga olib kelmoqchi.

Oldinroq, Tomas Tuxelning "Chelsi"da Frenk Lempardning o'rniga bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern