QPL. "Turon" va "Ettisuv" o'zaro durang o'ynadi, maydonda to'rt nafar o'zbekistonlik harakat qildi

Alisher Ostonov
3 may 2025
Qozog'iston Premer-ligasi 7-tur doirasidagi "Turon" - "Ettisuv" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida Odilbek Abdumajidov, Behruz Asqarov (86-daqiqada almashtirildi) va Xurshid Muxtorov (69-daqiqada almashtirildi) o'yinni asosiy tarkibda boshladi, jarohatidan qaytganiga ko'p bo'lmagan Umarov esa 46-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.

Qayd etish kerakki, 59-daqiqada mehmonlar o'yinchisi Dias Orinbasar maydondan chetlatildi, ammo "Turon" bundan foydalana olmadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia