

Qishki transferlar oynasida "Turon" safiga kelib qo'shilgan, klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan Islom Rashidxonov ayni paytda Rashid G'ofurov boshchiligidagi "Navbahor-Farm" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, Rashidxonov "Turon" bilan butunlay xayrlashgan. U Turkiyada tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inida ham ko'rinish bermagan edi.



